«quyosh energiyasi» tegli maqolalar


Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi
17 fevral 2023, 14:21

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar 1 apreldan ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, u egallab turgan uchastkalar uchun yer solig‘i va ishlab chiqarilgan energiyani sotishdan olingan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

2023-yilda 4300 MVtlik qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
17 fevral 2023, 11:36

2023-yilda 4300 MVtlik qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2023 yilda umumiy quvvati 4300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bunga 15,4 mlrd dollar yo‘naltiriladi. Ijtimoiy obyektlar va davlat organlari binolariga bunday qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etilmoqda.

Jizzaxda quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
11 fevral 2023, 09:31

Jizzaxda quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Jizzaxda 270 Megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushirilishi aytildi. Jumladan, 220 Megavattli yirik quyosh stansiyasi quriladi. Buning hisobiga 236 mln kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortig‘i bilan qoplanadi, jami 71 million kub metr gaz tejalishi aytildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilarga «yashil sertifikatlar» berish boshlanadi
5 dekabr 2022, 20:53

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilarga «yashil sertifikatlar» berish boshlanadi

2023 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiyaga ta’sirni cheklash bo‘yicha talablar asosida «yashil sertifikatlar» tizimi joriy etiladi. 2024 yildan esa quvvati 1 MVtdan yuqori quyosh va shamol elektr stansiyalarida energiyani saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi
12 sentabr 2022, 13:06

Elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi. Tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobilni quvvatlash imkonini beradi.

XMK O‘zbekistonga shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi
25 aprel 2022, 16:40

XMK O‘zbekistonga shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning bir qator hududlarida 500 MVt gacha quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tuzilmasini shakllantirishda maslahat beradi.

2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming mVtga yetkazish zarur — prezident
22 noyabr 2021, 18:21

2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming mVtga yetkazish zarur — prezident

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvati 8 ming megavattga yetkaziladi. Shuningdek, “yirik sanoat korxonalari ham o‘z energiya ta’minoti bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak”.

Buxoro, Namangan va Xorazmda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
30 dekabr 2020, 10:45

Buxoro, Namangan va Xorazmda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi. Loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting